Nashr etilgan: 9 dekabr, 2022
Telegram tarmogʼidagi "Bankir kundaligi" kanalida Samarqand shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi kartalari ochilishi bilan bogʼliq murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Murojaat qilingan sanada Ipoteka-bank Samarqand viloyati filialiga qarashli karta emissiya qiluvchi uskuna bilan qisqa muddatli texnik nosozlik kuzatilganligi sababli, jismoniy shaxslarga karta ochishda uzilishlar yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Ipoteka-bank Samarqand viloyati filiali rahbar va masʼul xodimlariga tegishli koʼrsatmalar berildi.
Joriy yilning 9 dekabrь holatiga Samarqand shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlariga oylik ish haqi uchun bank kartalari toʼliq ochilishi taʼminlandi va hozirda kartalarni oʼz egalariga yetkazish boʼyicha amaliy ishlar olib borilayotganini maʼlum qilamiz.