Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 9 oktyabr, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarda “"Ipoteka retail" ilovasini ishlatishdagi qiyinchiliklar mavjudligi, kredit to‘lashning imkoni yo‘qligi” yuzasidan ma’lumot qoldirilgan.

Bugungi kunda bank tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini, shuningdek, hisobraqamlarni masofadan boshqarish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda bankning "Ipoteka retail" ilovasi orqali Ipotekabankdan olingan kreditlarni to‘lash imkoniyati yaratilgan bo‘lib, endilikda boshqa bankdan olingan kreditlar uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini joriy etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, bankning raqamli transformatsiya rejalarida mijozlarga qulaylik yaratish, yangi onlayn mahsulotlar taqdim etish hamda xalqaro mezon talablariga javob berish maqsadida bank ilovasi interfeysini yangilash hamda takomillashtirish maqsad qilingan.

Bank faoliyati va mahsulotlari bo‘yicha savollar tug‘ilgan taqdirda mijozlar bankning kontakt markaziga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki tezkor savol-javoblar uchun yaratilgan @Ipoteka_muloqot_bot telegram boti orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.