Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

ABSni almashtirish loyihasi: Markaziy bank vakillari bilan uchrashuv natijalari

Nashr etilgan: 9 avgust, 2024

Kuni kecha Ipoteka-bank va Markaziy bank vakillari ishtirokidauchrashuv bo'lib o'tdi, unda hozirda bank tomonidan foydalanib kelinayotgan avtomatlashtirilgan bank tizimini (ABS) yangisiga almashtirish loyihasini amalga oshirishning asosiy jihatlari muhokama qilindi. Ushbu loyiha Ipoteka-bank OTP Group tomonidan sotib olinganidan keyin boshlangan Gavhar dasturi doirasidagi yirik transformatsiyaning bir qismidir.

r2.jpg

Yig‘ilishda Markaziy bank tomonidan yangi ABS ga o‘tish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi mas’ul shaxslarni tayinlash, yangi ABS ga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligining talablari, shuningdek, respublikada ABS ni sertifikatlash kabi masalalar ko’rib chiqildi. Shuningdek, uchrashuv davomida mijozlar bilan muloqot rejasini va yangi tizimni sinovdan o‘tkazish va ishga tushirish oralig‘ida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘zgartirish uchun imtiyozlar olish imkoniyatlarini muhokama qilindi.

r3.jpg

Markaziy bank rahbariyati ABSni almashtirish loyihasi bankning operatsion samaradorligi va moslashuvchanligini oshirish uchun muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Loyihani keng miqyosdagi amaliyoti joriy yilning may oyida boshlanganligi va yangi tizimning ishga tushurilishi 2025-yilning 1-sentabriga belgilanganligi e’tiborga loyiqdir. Shu bilan birga, Markaziy bank vakillari bank tizimimizda flagman bo‘ladigan mazkur loyihani ilgari surishda “Ipoteka-bank”ni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Ushbu muhim loyihaning barcha bosqichlaridan xabardor bo'lib bo’rish uchun bizni kuzatib boring.

r4.jpg