Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank xizmatlari iste'molchilari diqqatiga!

Nashr etilgan: 9 mart, 2023

“Ipoteka-bank” АTIB tomonidan bank mijozlariga va aholiga xizmat koʼrsatish koʼlamini kengaytirish orqali bank xizmatlari ommabopligini oshirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Joriy yilning 20 mart kunidan boshlab bank tomonidan mijozlarga qulay va samarali xizmat koʼrsatish uchun Ipoteka-bankka tegishli “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali elektron hamyondan boshqa bank kartalariga mablagʼlarni oʼtkazish xizmati yoʼlga quyiladi. Ushbu bank xizmat komissiyasi tarif boʼyicha 0,5% etib belgilanadi. 

Batafsil ma'lumot uchun 1233 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.