Nashr etilgan: 8 sentyabr, 2023
«Ipoteka bank» ATIB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Woman in bussines SA” dasturi doirasida joriy yilning 6 sentyabr kuni Mehnat filialida Mehnat va Toshkent shahar filiali Amaliyot boshqarmasi filiallari mijozlari ishtirokida “Zamonaviy biznesni yuritish yo‘llari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida ayol tadbirkorlar guruhlarga bo‘lingan holda interaktiv “Mikro biznes” o‘yinida ishtirok etdilar.
Ushbu tashkil etilgan seminar-trening orqali ayol tadbirkorlar biznesni yuritishda ilg‘or bank texnologiyalari va bank xizmatlarining innovatsion yondashuvlari to‘g‘risida xabardor bo‘lgan holda, mijozlarni o‘zaro fikr almashish hamda o‘z faoliyatlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash salohiyatlariga ega bo‘ldilar.