Nashr etilgan: 8 avgust, 2024
Biz mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, bankimiz farmatsevtika va donorlik plazmasi yig‘ish markazlari tarmog‘ini tashkil etish bo'yicha yetakchi bo‘lgan Haemalogic kompaniyasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik shartnomasini tuzishga muvofaq bo’ldi. Haemalogic kompaniyasi inson salomatligi va hayotini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan, donorlik qon plazmasini yig'ish va u yordamida Albumin va Immunoglobulin kabi dori vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Ipoteka-bank Haemalogic kompaniyasi faoliyati uchun zaarur bo’lgan zamonaviy uskunalar, jumladan, donorlar uchun maxsus o‘rindiqlar sotib olish uchun kredit ajratdi. Bu esa o’z navbatida tashkilotda plazma yig‘ish hajmini oshirish bilan birga, donorlar uchun qulaylik va xavfsizlikni yaxshilash imkonini ham beradi, bu esa O‘zbekistonda donorlikni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Ipoteka-bank ushbu xizmatni taklif etgan birinchi bank ekanligidan faxrlanadi va biz tibbiyot hamda farmatsevtika kompaniyalarini innovatsiyalar yo‘lidagi intilishlarini va mamlakatda tibbiy yordam sifatini yaxshilashda qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
Haemalogic kompaniyasiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusidagi muvaffaqiyatli hamkorlikka umid qilamiz!