Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank» АTIB aksiyadorlari diqqatiga!

Nashr etilgan: 8 iyun, 2022

“Ipoteka-bank” АTIB aksiyadorlariga “Ipoteka-bank” АTIBning 2021 yil faoliyati yakunlariga bagʼishlangan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishi 2022 yil 30 iyun kuni soat 11:00 dan boshlab boʼlib oʼtishini maʼlum qiladi.

Аktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yigʼilishni olib borish imkonini beruvchi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati (http://evote.uz/) yordamida oʼtkaziladi.

Yigʼilish kun tartibi:

1. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashining 2021 yil yakunlari boʼyicha faoliyati hamda “Ipoteka-bank” АTIBning rivojlanish strategiyasiga erishish boʼyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi hisobotini tasdiqlash. 

2. “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvining “Ipoteka-bank” АTIBning 2021 yil yakunlari boʼyicha faoliyati va 2022 yilga moʼljallangan ustuvor vazifalari toʼgʼrisidagi yillik hisobotini tasdiqlash. 

3. “Ipoteka-bank” АTIBning 2021 yildagi moliyaviy-xoʼjalik faoliyatini tekshirish natijalari boʼyicha “Ipoteka-bank” АTIB Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash. 

4. “Ipoteka-bank” АTIBning 2021 yil uchun yillik moliyaviy hisoboti auditini oʼtkazish boʼyicha tashqi auditor xizmatlari uchun toʼlanadigan haqning yuqori miqdorini oshirishni tasdiqlash. 

5. “Ipoteka-bank” АTIBning 2021 yil yakunlari boʼyicha olingan sof foydasini taqsimlash hamda imtiyozli aksiyalarga dividendlar toʼlashni tasdiqlash. 

6. “Ipoteka-bank” АTIBning 2020-2023 yillar uchun rivojlanish strategiyasining 2021 yil yakunlari boʼyicha ijrosini eshitish. 

7. “Ipoteka-bank” АTIBning 2021 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini tasdiqlash. 

8. 2021 yil yakunlari boʼyicha “Ipoteka-bank” АTIB korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini tasdiqlash. 

9. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashi tarkibini qayta saylash. 

10. “Ipoteka-bank” АTIB Taftish komissiyasi tugatilishini tasdiqlash. 

11. “Ipoteka-bank” АTIB ustaviga oʼzgartishlar kiritishni tasdiqlash. 

12. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashi toʼgʼrisidagi nizomga oʼzgartishlar kiritishni tasdiqlash. 

13. “Ipoteka-bank” АTIBning Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan tuzilgan kelishuvlari shartlariga oʼzgartirishlar kiritishni tasdiqlash. 

14. “Ipoteka-bank” АTIB tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash. 

15. “Ipoteka-bank” АTIB tomonidan 2021 yil davomida affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni tasdiqlash. 

16. “Ipoteka-bank” АTIBning affillangan shaxslar bilan kelgusida yillik aksiyadorlar umumiy yigʼilishigacha muddatga tuzishi mumkin boʼlgan bitimlarini tasdiqlash.

17. “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvining affillangan shaxslar bilan bitimlarni va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun bankning kundalik xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq bitimlarini aniqlash hamda ularning amalga oshirilishini maʼqullash. 

18. Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2022 yil 11 yanvardagi 15-20/17-sonli xatini ijro etish boʼyicha “Ipoteka-bank” АTIB tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlash.

·      Аktsiyadorlarni navbatdagi yillik umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2022 yil 31 may.

·      Аktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2022 yil 24 iyun.

·      Аktsiyadorlar navbatdagi yillik umumiy yigʼilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ sayti orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali soʼrov yuborishlari mumkin.

Аktsiyadorlarning umumiy yigʼilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʼyxatdan oʼtkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yigʼilishda qatnashish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar roʼyxatiga kiritilganligi toʼgʼrisida elektron xabarnoma olgan paytdan boshlab oʼtkaziladi.

Аktsiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish shartlari bilan http://evote.uz/ manzili boʼyicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin.

Qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.