Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Nashr etilgan: 8 aprel, 2022

“Umumjahon pul haftaligi” doirasidagi keng koʼlamli mahorat darslari bu safar Ipoteka-bankning Zangiota filiali tomonidan hududdagi bir qator maktablarda tashkil etildi. 


Xususan, joriy yilning 7-mart kuni 8 -10 sinf oʼquvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan mahorat darslari tashkil etildi. Intellektual oʼyin, qizgʼin muloqot, bahs-munozara tarzida oʼtkazilgan ochiq dars davomida oʼquvchilar toʼlov kartalaridan foydalanishning afzalliklari, naqd pulsiz toʼlovlarni amalga oshirishda havfsizlik qoidalari, daromad olish imkoniyatlari, kredit va omonat turlari, shuningdek, toʼgʼri moliyaviy qaror qabul qilish usullari haqida tushunchaga ega boʼlishdi. 



Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Global money week” tadbirlari 2020 yildan boshlab Respublikamizning barcha tumanlarida tijorat banklari bilan hamkorlikda olib boriladi. Va bugungi kunga qadar, ushbu haftalik global taʼlim dasturi doirasida 175 ta davlatda oʼz ishtirokini taʼminlagan. Аytish kerakki, bu kabi tadbirlarning koʼpayishi avvalo davlat yoshlarining bank xizmatlaridan samarali foydalanish yoʼllari hamda moliyaviy havfsizligini taʼminlash bilan bogʼliq usullarini kelajakda oʼz tajribasida qoʼllashi bilan ham ahamiyatlidir.