Nashr etilgan: 8 fevral, 2023
Sizlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘rsatmalariga muvofiq “Tezkor to‘lov tizimi”ga o‘zgartirishlar kiritilayotganligini ma’lum qilamiz. Siz tomoningizdan Tezkor to‘lov tizimi orqali soat 16:31 dan ertasi kuni ertalab soat 08:31 ga qadar yuborilgan hujjatlar soat 08:36 da o‘tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ish kunini uzaytirishi sababli belgilangan 16:31 vaqti o‘zgarishi mumkin.
Bu faqat Tezkor to'lovlar tizimi orqali amalga oshiriladigan to’lovlarga tegishli!