Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Esdalik nishonlari oʼz egalariga topshirildi.

Nashr etilgan: 7 dekabr, 2022

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Ipoteka-bankning bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. 



Xususan, Ipoteka-bank АTIB Bosh ofisining tantanali taqdirlash marosimida bank tizimini rivojlantirish, mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga hissa qoʼshib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlarga esdalik nishoni topshirilib, tizimda erishilgan islohotlar, sohadagi yutuqlar uchun minnatdorchilik bildirildi. 

Qayd etilganidek, bankning rivojiga munosib hissa qoʼshib, davlatimizning yuksak eʼtirofiga sazovor boʼlgan bir guruh xodimlarning taqdirlanishi tizimda olib borilayotgan xalqchil islohotlarning yorqin namunasidir. 



Haqiqatdan ham, Konstitutsiya va qonunlar ustuvor boʼlgan yurtda rivojlanish boʼladi, adolat boʼladi, farovonlik boʼladi.

Biz ham shu oʼrinda, barcha xodimlarimiz va irodali xalqimizni ulugʼ sana bilan muborakbod etamiz.