Nashr etilgan: 7 may, 2024
Ipotekabank - OTP guruhiga qo'shilganidan beri barqarorlik maqsadlari va vazifalari jadal rivojlanmoqda. Qisqa muddatli va ayni damda strategik maqsadlarimizni aniqlash va tasdiqlash uchun biz bankning ESG strategiyasini ishlab chiqishni boshladik. Shu munosabat bilan strategiya yaratilib, yaqinda belgilangan tartibda tasdiqlandi, shundan so‘ng unda ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.
ESG tamoyillari atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv komponentlarini/tamoyillarini birlashtirgan strategik yondashuv ekanligi qabul qilingan. Bizning ishimizda va umuman bankimiz faoliyatida ESG omillari va tamoyillariga muvofiqlikni ta'minlash maqsadida, biz bankimiz uchun ESG strategiyasini ishlab chiqdik.
ESG strategiya - Barqaror rivojlanish departamentining uzoq muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilab beruvchi asosiy hujjatdir. Biz mahalliy normativlar va hukumat tashabbuslarini tahlil qildik va ular asosida yashil yo’nalishdagi biznes imkoniyatlar ishlab chiqildi. Shuningdek, u ESG risklarni boshqarish asosini va bankning davriy stress testlarini qanday o'tkazilishini tavsiflaydi. Strategiyaga asosan, bankning yana bir muhim majburiyati uglerod neytralligiga erishish va issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishdir. Xulosa o’rnida, ijtimoiy mas'uliyatimizni kuchaytirish uchun biz Korporativ ijtimoiy mas’uliyatni korporativ boshqaruv va biznes faoliyatimizga integratsiya qilish bo'yicha bir nechta loyihalarni ishlab chiqdik.
ESG strategiyamizning asosiy maqsadlari haqida ba’tafsil maʼlumot olish uchun: https://www.ipotekabank.uz/uz/esg/strategy/