Nashr etilgan: 7 aprel, 2022
«Ipoteka-bank» АTIB aktsiyadorlari diqqatiga!
Toshkent shahar, Shahrisabz koʼchasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» АTIB, 2022 yil 29 aprel kuni soat 1100 da, masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali bank aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtishini maʼlum qiladi.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yigʼilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida oʼtkaziladi.
YIGʼILISh KUN TАRTIBI:
1. Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
2. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruvi faoliyati samaradorligining asosiy koʼrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-168-sonli “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijro etilishining borishi toʼgʼrisida.
4. "Ipoteka-bank” АTIB ustav kapitalini kamaytirishni tasdiqlash.
5. “Ipoteka-bank” АTIB ustaviga oʼzgartish kiritishni hamda ustavga kiritilayotgan oʼzgartish matnini tasdiqlash.
6. Bank Kuzatuv kengashiga avval roʼyxatdan oʼtkazilgan “Ipoteka-bank” АTIB aktsiyalarining chiqarishlariga oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida qaror qabul qilish va avval roʼyxatdan oʼtkazilgan “Ipoteka-bank” АTIB aktsiyalarining chiqarishlariga kiritiladigan oʼzgartirishlar matnini tasdiqlash vakolatlarini berishni tasdiqlash.
-
Аksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2022 yil 31 mart.
-
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2022 yil 25 aprel.
-
Аksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yigʼilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ platformasi orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali soʼrov yuborishlari mumkin.
Navbatdan tashqari umumiy yigʼilishda ishtirok etish uchun aktsiyadorlarni roʼyxatdan oʼtkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yigʼilishda qatnashish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar roʼyxatiga kiritilganligi toʼgʼrisida elektron xabarnoma olingan paytdan boshlab amalga oshiriladi.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish shartlari bilan http://evote.uz/ manzili boʼyicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.+99890-006-77-44) tanishishingiz mumkin.
Qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.