Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ayollarimiz doimo e'zozda

Nashr etilgan: 7 mart, 2023

Bahorning ilk bayrami munosabati bilan Ipoteka-bankning munis va lobar xotin-qizlari erta tongdan mehr bilan yoʼgʼrilgan guldastalar bilan kutib olindi. 

Tadbir avvalida “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruv Raisi soʼzga chiqib, barcha latofat egalarini alohida tabriklab, bankimizning bugungidek ravnaq va nufuzga ega boʼlishida ayollarning oʼrni alohida ekanligini ta'kidlab o'tdi. 



Shuningdek, hayotimizning fayzi va koʼrki boʼlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʼrsatish xalqimiz uchun azaliy odat ekanini eslatib, goʼzal va iliq tilaklarini bildirdi. 



Shoʼx-shodon oʼyin-kulgu va yoqimli taronalar sadosi ostida bankning lobar ayollari davrani toʼldirib raqsga tushishdi. Haqiqatdan ham ayollar bor xonadon va tashkilot doimo fayzli va nurafshondir. 



Sana munosabati bilan bankimizning barcha muhtaram ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, dasturxoningizga qut-baraka, oʼzingizga esa oddiy АYoLLIK BАXTIni tilaymiz! 



Har bir kuningiz bayram, xar bir oningiz bahor boʼlsin! Bahor gullariday chiroyli, nafis, goʼzal va betakror boʼlishingizga tilakdoshmiz!

Chehrasidan oftob taft olar, 
Аlla aytsa, qushlar tin olar.
Qalbingizga muhabbat solar,
Oʼzbegimning har bir ayoli!