E'lon «Ipotekа-bаnk» ATIB bаnk plаstik kаrtаlаridаn foydаlаnib kelаyotgаn mijozlаrimiz diqqаtigа!
Nashr etilgan: 7 yanvar, 2022
Hurmatli mijozlar!
Bankimiz tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatini almashtirgan mijozlarimizning identifikatsiyalashga doir maʼlumotlarni yangilash jarayonlari olib borilmoqda.
Аgar, Siz bankimizda karta ochgan davrdan hozirgi kunga qadar oʼzingizning shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni almashtirgan boʼlsangiz (va bu haqida bankka xabar bermagan boʼlsangiz), u holda Sizdan:
- oʼzingizga yaqin boʼlgan manzildagi «Ipoteka-bank» АTIB filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan (biometrik pasport, ID-karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari) tashrif buyurishingizni;
- yoki 78-150-11-22 telefon raqamiga qoʼngʼiroq qilgan holda shaxsiy maʼlumotlaringizni tasdiqlashingizni soʼraymiz.
2022 yilning 15 yanvaridan keyin belgilangan identifikatsiya qilish tartib-qoidasidan oʼtmagan mijozlarning hisobvaraqlari va bank kartalari tranzaktsiyalari cheklanishini yana bir bor eslatib o'tamiz.