Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipotekabank OTP Group rahbariyati, filial rahbarlari, department direktorlari va OTP bank rahbariyati ishtirokida birinchi RETAIL SUMMIT bo’lib o’tdi.

Nashr etilgan: 6 dekabr, 2023

Bugun InterContinental mehmonxonasida bank rahbariyati hamda OTP Bank bosh ofisi vakillari ishtirokida Ipotekabankning strategik sessiyasi bo'lib o'tdi.

Mamlakatimiz moliya bozorida olib borilayotgan islohatlar va banklar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2023-yilning iyun oyida Vengriyaning yetakchi bank guruhlaridan biri bo’lgan OTP bank “Ipoteka-bank” ATIBning asosiy aksiyadoriga aylandi.  



Ushbu sammitning tashkillashtirishdan asosiy maqsad xalqaro tajribaga ega bo’lgan Mckinsey tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Gavhar”dasturi doirasida shakllantirilgan Ipotekabankning keyingi 5 yillik strategiyasi bo’yicha filial rahbarlari va mas’ul xodimlariga ma’lumot berishdir. 

Shuningdek, xususiylashtirishdan so’ng amalga oshirilgan ishlar filiallar kesimida muhokama qilindi hamda blok va filiallar rahbarlari tomonidan risklarni boshqarish, korporativ mijozlar bilan ishlash, raqamli xizmatlar, muammoli kreditlar, mikroqarz va ipoteka kreditlar holati bo’yicha taqdimotlar namoyish etildi.



 “Barchamizga ma’lumki jahon bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilotlarda uch narsa bo’lishi juda ahamiyatlidir: zaruriy resurs bazasi, malakali xodimlar va qulay moliyaviy muhit. Bugun bizda bularning barchasi bor va shubhasiz, OTP Bank guruhining a’zosi sifatida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining yanada yuqori standartlarini taqdim eta olamiz hamda yangi raqamli texnologiyalar, mahsulotlar va boshqaruv tajribasi yordamida bank sektorida yetakchilikka erishamiz.”, - dedi Ipotekabank Boshqaruv raisi Elyor Inomjonov.



Shuningdek, sammit davomida OTP Bank Raisining oʻrinbosarlari Laszlo Wolf va Andras Becsei ham Ipotekabank OTP Groupning yangi strategiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan jihatlarga to’xtalib o’tdi.