Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining CAWIB dasturi doirasida Ipoteka-bankda ekspertlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
Nashr etilgan: 6 avgust, 2021
“Ipoteka–bank” ATIB tomonidan O‘zbekistondagi tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib, Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining CAWIB dasturi doirasida 10 million AQSh dollar miqdoridagi kredit liniyasini jalb qilingan.
Ushbu dastur asosida “qarz oluvchilar uchun texnik hamkorlik” va “kichik biznes uchun maslahat berish” tadbirlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu yo‘nalishda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ETTB konsulьtantlari bilan birgalikda loyihani amalga oshirish maqsadida savdo, marketing, risk va IT yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, hozirda ushbu guruh Ipoteka-bankka tashrif buyurgan.

Shu bilan birga, ekspertlar filial rahbarlari bilan WIBCA dasturi bo‘yicha onlayn-masofaviy tarzda seminar-treninglar tashkil etildi.