Nashr etilgan: 6 iyul, 2023
Ipoteka-bankda iqtisodiyot sohasidagi amaliyotchi talabalarni ilmiy va amaliy salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi trening boʼlib oʼtdi. Yosh mutaxassislar loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu seminar – trening "Welcome-training" oʼquv dasturi asosida olib borilmoqda.
"Bank faoliyatining huquqiy asoslari hamda Аxborot havfsizligi" mavzusida boʼlib oʼtgan seminar davomida amaliyotchi talabalar Bank siri va bank havfsizligiga oid maʼlumotlar bilan ishlash, muhofaza qilish, davlat va nodavlat idoralariga taqdim etish munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, bank faoliyatining huquqiy asoslariga oid maʼlumotlardan xabardor boʼlishdi.
Maʼlumot oʼrnida, joriy yilning 15 mayidan boshlangan amaliyot jarayonlarida 29 nafar yurtimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etib kelmoqda.