Nashr etilgan: 6 iyul, 2021
Vaqtni boshqarmay turib, boshqa
hech narsani boshqarib bo‘lmaydi.
Piter Druker
(Zamonaviy menejment asoschisi)
Vaqt bu imkoniyat, vaqt bu pul degani, rostdan ham shundaymi? Shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va undan to‘g‘ri foydalanish muhim hisoblanadi. Keyingi paytlarda anchagina mashhur bo‘lib qolgan “taym menejment” (vaqtni boshqarish) treninglari orqali bu boradagi jahon psixolog-olimlari tomonidan o‘tkazilgan tajribalar va yangi ko‘nikmalar bilan tanishtirib borilmoqda.
"Ipoteka-bank" ATIB Bosh ofisi xodimlari uchun tashkillashtirilgan “taym menejment” treningda ham vaqt qiymati, vaqtdan samarali foydalanish mahorati, to‘g‘ri taqsimlash, aql bilan rejalashtirish kabi tushunchalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Trening amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘un tarzda tashkillashtirilgani ayniqsa, hayotda ko‘p uchraydigan holatlar tahlili, o‘zaro erkin, ochiq muloqot trenining ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.
Xodimlar ish samaradorligini oshirishda o‘z vaqtida dam olish va boshqa ishlarni tashkillashtirishda vaqtni to‘g‘ri boshqarish muhim ahamiyatga ega. Zero vaqt - aqlli topqir, uddaburon, mehnatkash va baxtli odamlar uchun eng bebaho ne’matdir.