Nashr etilgan: 6 aprel, 2023
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ipoteka-bank filiali tomonidan mijozga 1000 AQSH dollaridan ortiq valyuta sotilmayotgani” mazmunidagi xabar e'lon qilindi.
Ushbu holat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 4 aprel kuni Ipoteka-bankning Olmazor filiali Chakana amaliyot kassasi xodimasi X.Aliyeva tomonidan AQSH dollari sotib olmoqchi bo'lgan mijozga noto'g'ri talab qo'yilib, uning norozichiligiga sabab bo'lgan.
Mijoz e'tirozidan so'ng, kassir tomonidan so'ralgan miqdordagi valyuta mablag'lari berilgan.
Xizmat ko'rsatishdagi yo'l qo'ygan xato va kamchiliklari uchun Ipoteka-bankning Olmazor filiali kassiri X.Aliyevaga “Xayfsan” intizomiy jazosi berildi.
Shuningdek, chakana amaliyot kassasida nazoratni susaytirgani, ishni to'gri tashkillashtirmaganligi uchun filialning Chakana amaliyotlari bo'lim boshlig'i B.Sodiqovga ham “Xayfsan” intizomiy jazosi qo'llanildi.
Ipoteka-bank tomonidan doimiy ravishda filiallar va bank xizmatlari markazlarida mijozlar va isteʼmolchilarga oʼz vaqtida va sifatli xizmat koʼrsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelinmoqda.