Bugungi kunda "Ipoteka-bank" АTIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.
Nashr etilgan: 6 fevral, 2023
Xususan, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Osiyo taraqqiyot bankining «Chorvachilik sohasida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish» loyihasi doirasida Toshkent viloyat Chinoz tuman Yoʼltushgan massivida ajratilgan 3.5 gektar yer maydonida baliqchilik faoliyatini rivojlantirish uchun umumiy qiymati 1 028,4 mln.soʼm miqdoridagi loyihasiga 700 mln.soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 12 tonna doʼngpeshona, 10 tonna sazan, 11 tonna oq amur baliq chavoqlarni yetishtirishni va 4 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.