Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” ATIB reytinglarini “barqaror” istiqboldagi “BB-/B” darajada tasdiqladi

Nashr etilgan: 5 iyul, 2021

Joriy yil 30 iyunda «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi Ipoteka-bank reytingini tasdiqladi. Press-relizga ko‘ra, «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankining uzoq muddatli emitent defolt reytinglari “BB-/B” darajada baholandi, istiqboli “barqaror”. Reytingni tasdiqlashda bankning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, barqaror moliyaviy holati va qoniqarli moliyaviy natijalari, shuningdek ipoteka va kichik biznesni kreditlashdagi tizimli salohiyati e’tiborga olingan.

Agentlik tahlilchilarining fikricha, oxirgi yilda davom etgan og‘ir iqtisodiy muhitga qaramay, bank tomonidan kreditlashda yuqori o‘sishga erishilgan. Xususan, bank kredit portfeli tarkibida chakana kreditlarning ulushi (2020 yil yakuniga ko‘ra 40 foizgacha) oshgan. Shuningdek, kredit porfeli dollarizatsiyasi darajasi boshqa aksariyat yirik davlat banklariga nisbatan past darajada (2020 yil yakuniga ko‘ra 31 foiz) saqlanib qolgan.

Reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ipoteka-bank so‘nggi yillarda mo‘’tadil moliyaviy daromadlilikka erishib kelmoqda. Jumladan, adekvat sof foizli marja (2020 yil yakuniga ko‘ra 6 foiz) va komisson daromadlar (operatsion daromadning
21 foizi) bank kapitali rentabelligining 10,6 foizga etishini ta’minlagan.

Shuningdek, «2020 yil yakuniga ko‘ra, Ipotek-bankda 5,1 trln. so‘m (500 mln. dollar) miqdoridagi likvid aktivlar adekvat darajada bo‘lib, 2021 yilda qaytadigan jalb qilingan mablag‘larning 1,3 barobarini tashkil qiladi. <…> 2021 yilning
2-choragida xalqaro kapital bozoriga 785 mlrd. so‘mlik Evrobond chiqarilishi natijasida, Ipoteka-bankning likvidlilik ko‘rsatkichlari yanada yaxshilangan»-deya qayd etiladi «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi press-relizida.

Ipoteka-bank keyingi yillarda ham o‘zining bank mahsulotlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko‘rrsatish orqali daromadlilikni oshirishni maqsad qilib olgan.