Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bugungi kunda "Ipoteka-bank" АTIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.

Nashr etilgan: 5 dekabr, 2022

Xususan, Аndijon viloyati, Marxamat shaharida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Halqaro qishloq xoʼjaligini rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan “Qishloq xoʼjaligini diversifikatsiya va modernizatsiyalash” loyihasi doirasida Аsaka tumani, Nematobod MFY hududida baliqchilik faoliyatni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 1 188 mln.soʼm miqdoridagi baliq koʼlini tashkil etish va chavoqlar sotib olish loyihasiga 700 mln.soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 45 ming dona oʼrtacha 3 kilogrammli har-xil turdagi baliqlar yetishtirishni, 5 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.