Nashr etilgan: 5 avgust, 2024
2024-yilning 26 iyul kunidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi 14 foizdan 13,5 foizga pasganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5203-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga muvofiq, bank tomonidan 14 foizdan (ayollarga 0 foizdan ajratilgan kreditlar bundan mustasno) ajratilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foizlar 0,5 pog‘onaga tushirilganligini ma’lum qilamiz.