“Xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini taʼminlashning eng asosiy vazifalari” mavzusidagi oʼquv seminari bo'lib o'tdi.
Nashr etilgan: 5 avgust, 2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 20-iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o’tkazilgan uchrashuvda “Inson qadri uchun” g‘oyasi hamda hozirgi islohotlarimizning “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvi asosida amalga oshirilayotganligi yuzasidan kuni kecha Ipoteka-bank tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Muxitdinova Feruza Abdurashidovna ishtirokida “Xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini taʼminlashning eng asosiy vazifalari” mavzusidagi oʼquv seminari tashkil etildi.
Ma’lumki, hozirgi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida bosh mezon etib belgilangan «Inson qadri uchun” degan tamoyil fuqarolarimiz uchun dunyoning qayerida yashamasin, mehnat qilmasin, taʼlim olmasin davlat tomonidan tinch va xavfsiz hayotini, fundamental huquq va erkinliklari himoyalash konstiutsiyada kafolatlanishi ifodalaydi.
Tadbir davomida inson qadrini, huquqlarini va erkinliklarini taʼminlanishining konstitutsion norma sifatida mustaxkamlanishi O‘zbekistoning xalqaro obro‘- eʼtiborini oshirishi bilan birga BMTning Inson huquqlari Kengashidagi o‘rnini ham yanada kuchaytirishiga to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, bu holat konstitutsiyaviy islohotlarning yangi O‘zbekistonda demokratik muhitning yangilanishiga, amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan xalqning ishonchini mustaxkamlashiga, yangi qadriyatlarni rivojlanishiga, davlat hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Qizg‘in savol-javob va munozara shaklida o‘tgan tadbir yakunida xodimlar mavzu bo‘yicha tizimda yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z amaliy taklif va tavsiyalarini berdilar.