Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

«Ipoteka-bank» АTIB aksiyadorlari diqqatiga!

Nashr etilgan: 5 iyul, 2022

Toshkent shahar, Shahrisabz koʼchasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» АTIB, 2022 yil 27 iyul kuni soat 1100 da, masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtishini maʼlum qiladi.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yigʼilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida oʼtkaziladi.

YIGʼILISh KUN TАRTIBI:

2022 yil uchun “Ipoteka-bank” АTIB tashqi auditorini va unga toʼlanadigan xizmat haqi miqdori chegarasini tasdiqlash.

         Аksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2022 yil 30 iyun.

         Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2022 yil 21 iyul.

         Аksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yigʼilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ platformasi orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali soʼrov yuborishlari mumkin.

Navbatdan tashqari umumiy yigʼilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʼyxatdan oʼtkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yigʼilishda qatnashish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar roʼyxatiga kiritilganligi toʼgʼrisida elektron xabarnoma olingan paytdan boshlab amalga oshiriladi.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish shartlari bilan http://evote.uz/ manzili boʼyicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin.

Qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.