Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank chakana mijozlar uchun yangilangan – Ipoteka Retail mobil ilovasi React Native tizimida ishga tushirildi.

Nashr etilgan: 5 iyun, 2024

Yangilangan Ipoteka Retail mobil ilovasi chakana mijozlarimizga keng turdagi moliyaviy xizmatlarni tez va oson amalga oshirish imkonini beradi.

 

React Native tizimida ishlab chiqilgan yangi Ipoteka Retail mobil ilovasi zamonaviy koʼrinishdagi yangi dizayga ega bo’lib, ommabop hamda mijozga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi.

 

Yangi mobil ilovani yaratilishi hamda ishga tushirilishida Markaziy Osiyoning yetakchi integratori bo’lgan U-BSS korxonasi texnologik hamkor sifatida ishtirok etdi. Ipoteka-bank va U-BSS oʼrtasidagi hamkorlik aloqalari 2021 yildan boshlab yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, bugungi kunga qadar hamkorlikda turli innovatsion loyihalar amalga oshirilgan. Zamonaviy texnologik imkoniyatlarga ega yuqori samaradorlik va qulaylikka ega Ipoteka Retail mobil ilovasi buning bir naʼmunasidir.

 

Yangi zamonaviy mobil ilova nafaqat bank, balki uning mijozlariga ham keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Mobil ilova yaratilishi jarayonida zamonaviy texnologiylalardan foydalanilganligini ilova sifatini yaxshilanganligini anglatadi. Mobil ilovadan bevosita foydalanuvchi mijozlar uchun ilovadagi bank bilan bog’liq funksiyalarning takomillashtirilganligi, xususan, Ipoteka Retail ilovasining yuqori bosimga qaramasdan ishlash tezligining yuqoriligi, qulay va tushunarli interfeysdan fordalanilganligi muhim ahamiyatga ega.

Mobil ilovani React Native tizimida yaratilgani bankka mahsulotni savdo bozoriga (Time2Market) chiqish vaqtini tejash, yangi funksiyalarni joriy etishda harajatlarni sezilarli darajada qisqartirish hamda har qanday muammoli vaziyatlarda katta jamoa bilan tez yechim toppish imkonini beradi.

 

Biz mijozlarimizga eng zamonaviy va qulay yechimlarni taklif qilayotganimizdan faxrlanamiz. React Native timizida taqdim etilgan yangi Ipoteka Retail mobil ilovasi mijozlarimizga yuqori qulaylikni taqdim etuvchi navbatdagi qadamdir» dedi o’z nutqida «Ipoteka-bank» ATIB Raqamli banking va biznes jarayonlar Direksiyasi direktori Shoxrux Babayev.

 

Biz Ipoteka-bank bilan masofaviy bank xizmatlari tizimini yanada rivojlantirish, jumladan, xizmatlarni toʼliq raqamlashtirish, funksionallikni oshirish, ilovada interaktiv yordamchilar va chatbotni joriy etish boʼyicha hamkorlik aloqalarini davom ettirish niyatidamiz. Bu oʼz navbatida mijozlarning bank bilan oʼzaro munosabatlarini kuchaytirishga yordam beradi” – deya taʼkidladi U-BSS xalqaro rivojlanish markazi direktori Yevgeniy Ponomarev.

 

Ipoteka Retail mobil ilovasini App Store va Google Play dasturlari orqali yuklab olishingiz mumkin.