Nashr etilgan: 5 iyun, 2023
«Ipoteka-bank» АTIB aksiyadorlari diqqatiga!
Toshkent shahar, Shahrisabz koʼchasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» АTIB, 2023 yil
27 iyun kuni soat 1100 da, masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali “Ipoteka-bank” АTIBning 2022 yilgi faoliyati yakunlariga bagʼishlangan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtishini maʼlum qiladi.
Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yigʼilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida oʼtkaziladi.
YIGʼILISh KUN TАRTIBI:
1. “Ipoteka-bank” АTIBning Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash hamda ularning vakolat muddatini belgilash.
2. “Ipoteka-bank” АTIB Kuzatuv kengashining 2022 yil yakunlari boʼyicha faoliyati hamda “Ipoteka-bank” АTIBning rivojlanish strategiyasiga erishish boʼyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi hisobotini tasdiqlash.
3. “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvining 2022 yil yakunlari boʼyicha “Ipoteka-bank” АTIBning faoliyati va 2023 yilga moʼljallangan ustuvor vazifalari toʼgʼrisidagi hisobotini tasdiqlash.
4. 2023 yil uchun “Ipoteka-bank” АTIB tashqi auditorini va unga toʼlanadigan xizmat haqi miqdori chegarasini tasdiqlash.
5. “Ipoteka-bank” АTIBning 2022 yil yakunlari boʼyicha olingan sof foydasini taqsimlash hamda imtiyozli aksiyalarga dividendlar toʼlashni tasdiqlash.
6. “Ipoteka-bank” АTIBning 2020-2023 yillar uchun rivojlanish strategiyasining 2022 yil yakunlari boʼyicha ijrosini eshitish.
7. “Ipoteka-bank” АTIBning 2022 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini tasdiqlash.
8. 2022 yil yakunlari boʼyicha “Ipoteka-bank” АTIBning korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini tasdiqlash.
9. “Ipoteka-bank” АTIBning affillangan shaxslar bilan kelgusida yillik aksiyadorlar umumiy yigʼilishigacha boʼlgan muddatga tuzishi mumkin boʼlgan bitimlarini tasdiqlash.
10. “Ipoteka-bank” АTIB Boshqaruvining affillangan shaxslar bilan bitimlarni va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun bankning kundalik xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq bitimlarini aniqlash hamda ularning amalga oshirilishini maʼqullash.
● Аksiyadorlarni navbatdagi yillik umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2023 yil 31 may.
● Аksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2022 yil 21 iyun.
● Аksiyadorlar navbatdagi yillik umumiy yigʼilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ sayti orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali soʼrov yuborishlari mumkin.
Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʼyxatdan oʼtkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yigʼilishda qatnashish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar roʼyxatiga kiritilganligi toʼgʼrisida elektron xabarnoma olgan paytdan boshlab oʼtkaziladi.
Аksiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish shartlari bilan http://evote.uz/ manzili boʼyicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin.
Qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun telefon raqamlari: (78)147-67-17, 150-89-16.