Nashr etilgan: 5 aprel, 2022
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2022 yil 1-choragida eng faol banklar reytingi eʼlon qilindi. Unga koʼra, joriy yilda banklar orasida Ipoteka-bank eng katta oʼsishga erishib, 6 pogʼona koʼtarilgan holda jami banklar orasida 3-oʼrinni, davlat banklari orasida 1-oʼrinni egalladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar tahlilchilarining fikriga koʼra, transformatsiya va xususiylashtirish jarayonidagi Ipoteka-bank, ijobiy natijalarga erishish uchun asosan moliyaviy ommaboplik (depozitlarning kreditlarga nisbati, xalqaro va maxalliy moliya bozorida faollik)da liderlikni saqlab qolgan holda, boshqaruv samaradorligi (biznesni optimizatsiyalash (CIR), har bir xodim yaratuvchi foyda va risksiz daromadlar hajmi)ni oshirishga erishdi.
«Ipoteka-bank» АTIB Oʼzbekiston bank tizimida beshinchi yirik bank boʼlib, bank bozorida 9 foiz ulushga ega. Ipoteka-bank kelajakda ham oʼzining bank mahsulotlarini koʼpaytirish, xizmat koʼrsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat koʼrsatishni maqsad qilib olgan.
Manba: https://review.uz/uz/post/opredelen-naibolee-aktivne-banki-uzbekistana-v-i-kvartale-2022-goda
Investorlar bilan aloqalar xizmati