Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Mehr-muruvvat – inson ziynati

Nashr etilgan: 4 dekabr, 2021

3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Ipoteka-bank” АTIB vakillari imkoniyati cheklangan, internatlarda taʼlim-tarbiya olayotgan bolajonlar holidan xabar olish hamda bayram bilan tabriklash maqsadida tashrif buyurdilar. 



106-son zaif eshituvchi bolalar maktab internatida bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda ishtirok etgan bank vakillari bolajonlar quvonchiga sherik boʼldilar. Kuy-qoʼshiqlar, teatrlashtirilgan chiqishlarini koʼrib, ular yasagan milliy hunarmandchilik anjomlari bilan tanishgan barcha tadbir ishtirokchilari katta taassurotlar bilan qaytdilar. 



Keyingi manzil U.Q. Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy asab kasalxonasi boʼldi. Jismonan zaif boʼlsada, sogʼlom bolalardek sheʼr va qoʼshiqlar kuylab, quvonchini yashira olmay turgan bolalarni koʼrib, ular bilan birga ishlayotgan oʼqituvchi-shifokorlar mehnatlariga tahsinlar aytmasdan iloji yoʼq. 



Mehr-muruvvat – inson ziynati deganlaridek, inson qadri uni boshqalarga koʼrsatgan mehri bilan oʼlchanadi.