Nashr etilgan: 4 noyabr, 2022
Ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka-bankning Fargʼona filialida ajratilgan kreditlarni maqsadsiz ishlatilishi boʼyicha tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Bank tomonidan kredit ajratilayotgan loyihalar boʼyicha doimiy ravishda korxona rahbarlariga biznes reja koʼrsatkichlari bajarilishi zarurligi, kredit toʼlovlarini oʼz muddatlarida toʼlanishi lozimligi borasida doimiy tushuntirishlar berib boriladi.
Shuningdek, loyihalarni samarali amalga oshirilishi, ajratilgan kreditlar boʼyicha muammolar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, bank filiallari tomonidan doimiy ravishda monitoring ishlari ham tashkil etiladi.
Loyihalar boʼyicha kredit qarzdorliklari yuzaga kelganida, kredit mablagʼlarini muddatidan avval undirish va undiruvni garovga olingan mol mulkiga qaratish toʼgʼrisida sudlarga murojaat qilinadi.
Shu bilan birga, monitoring va oʼrganish natijalarida kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi va loyihalarni amalga oshirilmaganligi holatlari aniqlansa, bu boʼyicha tegishli maʼlumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etiladi.
Ipoteka-bankning Fargʼona filiali tomonidan ham yuqoridagi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, kreditlarni oʼz vaqtida undirish maqsadida bu haqidagi maʼlumotlar tegishli nazorat organlariga taqdim etib kelinmoqda.