Bugungi kunda "Ipoteka-bank" АTIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.
Nashr etilgan: 4 oktyabr, 2021
Xususan, Navoiy viloyati, Nurota tumanida faoliyat yurutuvchi mijozga Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining Fargʼona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 500,0 mln. soʼm miqdoridagi 1 Ga yer maydonida intensiv bogʼda tomchilab sugʼorish tizimini qurish uchun 350,0 mln. soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Korxona 1 Ga yer maydonida mevali daraxtlar bogʼida tomchilab sugʼorish tizimini yaratib, ichki bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 5 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Kesh massivida foaliyat yurutuvchi mijozga Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining Fargʼona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish kredit liniyasi hisobidan 20 Ga yermaydonida loyiha umumiy qiymati 5 208,6 miqdoridagi intensiv tokzor tashkil etish uchun 1 800,0 mln. soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Fermer xoʼjaligi kredit mablagʼlari hisobiga yiliga 360,0 tn. uzum va 240,0 tn. pomidor va bodring mahsulotlari ishlab chiqarishni, ichki va tashqi bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 10 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirilgan.