Ipoteka-bank, “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” hamda Xalqaro Ishbilarmon “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ayol tadbirkorlar uchun seminar tashkil etadi!
Nashr etilgan: 4 iyun, 2024
Siz o‘ziga xos zamonaviy qarashlariga ega ayol tadbirkormisiz yoki bu sohada o’zingizni endi sinab ko’rmoqchimisiz? Fikringiz teran, maqsadlaringiz aniq, harakatingiz dadil, ammo o‘z sohangizda yetarlicha muvaffaqiyatga erisha olmayapsizmi? Faoliyatingizda savdo unumdorligi tobora tushib borayaptimi? Unday holda, ushbu trening aynan siz uchun.
Ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2024 yilning 12 iyun sanasida "Hilton Tashkent city" mehmonxonasida “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Siz trening davomida tadbirkorlik sohasida ayollar manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka keng jalb qilishga qaratilgan seminarda o‘z sohasida yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan zamonaviy ayol tadbirkorlardan maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Tadbirkorlik faoliyatida o'z mahoratini oshirish istagi bo'lgan barcha ayollarimizni tadbirda kutib qolamiz. Kirish mutlaqo bepul, sizdan faqatgina quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.
Ipoteka-bank - sizni har sohada qo‘llab-quvatlashga tayyor.