"Ipoteka-bank" ATIB tomonidan jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Nashr etilgan: 4 aprel, 2022
Xususan, Samarqand viloyati, Urgut tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga JICA Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi mablagʼlari hisobidan loyiha umumiy qiymati 1 654,3 ming АQSh dollari miqdoridagi Qishloq xoʼjalik mahsulotlari qayta ishlash, qadoqlash faoliyatini kengaytirish maqsadida qishloq xoʼjaligi mahsulotlari qayta ishlash asbob uskunalari jamlanmasini (quritish, saralash, qadoqlash) sotib olish uchun 1 000,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 2,5 ming tonna qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va 10 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Shuningdek, Fargʼona viloyati, Fargʼona shahrida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish banki kredit liniyasi hisobidan jamiyat faoliyatini kengaytirish maqsadida tikuv mashinkalari sotib olish uchun 130,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 37,4 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va 20 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.