Nashr etilgan: 4 fevral, 2022
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzbekistondagi eng yomon mobil ilova - Ipoteka-bankning ilovasi” mavzusida Ipoteka-bankning iOs tizimida ishlovchi mobil ilovasi boʼyicha ayrim kamchiliklar koʼrsatib oʼtilgan.
Bugungi kunda bank tomonidan mijozlarga xizmat koʼrsatish tizimini, shuningdek, hisobraqamlarni masofadan boshqarish tizimlarini yaxshilash boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022 yil uchun qabul qilingan raqamli transformatsiya rejalarida xalqaro mezon talablariga javob beradigan zamonaviy bank mobil ilovasi yaratish va ishga tushirish vazifasi ham belgilangan.
Hozirda ushbu yoʼnalishda Rossiya hamkor – BSS kompaniyasi bilan tizimli ishlar tashkillashtirilgan. Ipoteka-bankning yangi mobil ilovasini takomillashtirish va yangidan yaratish loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.