Nashr etilgan: 3 noyabr, 2022
Joriy yilning 3-4-noyabr kunlari qadimiy Samarqand shahrida dunyoning yetakchi iqtisodchilar, nufuzli investorlar va xalqaro ekspertlarining yig‘ilishi — ikkinchi O‘zbekiston Iqtisodiy forumi o‘tkazilmoqda.
Forumning bu yilgi asosiy mavzusi - “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish”.
Bu tashabbuslar Yangi O‘zbekistonning yosh va o‘sib borayotgan aholisi uchun yanada yorqin va barqaror kelajakka asos ekanligining isbotidir.
Bo'lib o'tayotgan II O‘zbekiston Iqtisodiy Forumida “Ipoteka-bank” ATIBning Kengash va Boshqaruv a’zolari ham qatnashmoqda.
Bank vakillari forum davomida xalqaro moliya institutlari mutassadilari, ekspertlar va soha mutaxassislari bilan qator muhokamalarda ishtirok etmoqda.