"Ipoteka-bank" ATIB tomonidan jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Nashr etilgan: 3 avgust, 2021
Bugungi kunda "Ipoteka-bank" ATIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati, Karmana tumanida Osiyo Taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 1 400,0 mln. so‘mga naslli ona baliq sotib olish uchun 950,0 mln.so‘m miqdorida kredit ajratish ma’qullangan. Korxona kredit mablag‘lari hisobiga naslli ona baliq sotib olib, 1 yilda 36,0 tn. "Sazan", "Oq Amur", "Tolstolov" turdagi baliq mahsulotlari etishtirish va ichki bozorni baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish hamda 3 ta yangi ishchi o‘rni yaratishni rejalashtirgan.
Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida Osiyo Taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 2 666,0 mln. so‘m miqdoridagi chorvachilik faoliyatini tashkil etish maqsadida 35 bosh yirik shoxli nasldor chorva mollari sotib olish uchun 800,0 mln.so‘m miqdorida kredit ajratish ma’qullangan. Xo‘jalik naslli chorva mollari sotib olib, ichki bozorni go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish hamda 5 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida Osiyo Taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 2 900,0 mln. so‘m miqdoridagi chorvachilik faoliyatini tashkil etish maqsadida 110 bosh yirik shoxli Golshteyn zotli nasldor chorva mollari sotib olish uchun 2 000,0 mln.so‘m miqdorida kredit ajratish ma’qullangan. Xo‘jalik kredit mablag‘lari hisobiga 110 bosh Golshteyn zotli naslli chorva mollari sotib olib, ichki bozorni go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish va 7 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilgan.