Nashr etilgan: 3 iyun, 2021
Uchrashuvda yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 maydagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida"gi nizomi keng yoritib berildi, shuningdek, yoshlar uchun hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan qulayliklar hamda bugungi kundagi bank tizimidagi yangiliklardan xabardor qilindi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan tikuvchilik uchun tikuv mashina sotib olish, issiqxona qurish, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish binosi qurish uchun imtiyozli kredit olish kabi murojaatlari tumandagi mas’ul bank boshqaruvchilari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etilishi kelishib olindi.
Tadbir so‘ngida uchrashuvda qatnashgan faol yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.