Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv imzolandi.

Nashr etilgan: 3 may, 2024

Shahrimizda Toshkent xalqaro iqtisodiyot forumi doirasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi kelishuv va uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, bugun ham Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining (XSRIK) yirik delegatsiyasini O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.


Kuni kecha “Ipoteka-bank” ATIB va XSRIK vakillari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida investitsiyaviy sheriklikning yangi iqtisodiy loyihalarini ilgari surishga qaratilgan ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Xususan, “Ipoteka-bank” ATIBni maqbul loyihalarini moliyalashtirilishiga 20 mln AQSh dollari miqdoridagi hamkorlik mablag‘lari ajratilishi mazmunidagi hadli bitim “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari Umidjon Xakimov va Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Eng. Hani Salem Sonbollar tomonidan imzolandi.


Albatta bunday imkoniyatlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi Islom taraqqiyot bankining bir qismi bo‘lib, u o‘ziga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.