Nashr etilgan: 3 may, 2024
Toshkent shahrida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʼz nihoyasiga yetdi. Davlat rahbari darajasidagi Forumda qariyb 2500 ga yaqin hukumat vakillari, yirik tijorat banklari va kompaniya rahbarlari, BMT, YeTTB, ShHT kabi xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar qatnashishdi.
Yurtimizning iqtisodiy imkoniyatlarini koʼrsatish hamda oʼzaro manfaatli loyihalarni yoʼlga qoʼyilishi kutilgan Forum doirasida Prezidentimiz tomonidan beshta yoʼnalish, yaʼni yashil energetika, bank-moliya sohasi, foydali qazilmalar, mamlakatning IT transformatsiyasi, transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar koʼrib chiqilib, koʼrsatmalar berildi. Hamda bu yoʼnalishlarda barcha xorijiy davlatlarning yetakchi kompaniyalarini oʼzaro hamkorlikka chaqirildi.
Forum doirasida “Ipoteka-bank” АTIB va Xususiy sektorni rivojlantirish boʼyicha Islom korporatsiyasi oʼrtasida oʼzaro kelishuv imzolandi.
*Bitim doirasida investitsiyaviy sheriklikning yangi iqtisodiy loyihalarini ilgari surishga 20 mln АQSh dollari miqdoridagi hamkorlik mablagʼlari ajratish koʼzda tutilgan.
Аytish kerakki, xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli sherikchilikni amalga oshirish kabi imkoniyatlar mamlakatimiz iqtisodiyotini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.