Bugungi kunda "Ipoteka-bank" АTIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.
Nashr etilgan: 2 dekabr, 2021
Xususan, Toshkent viloyati, Oxangaron tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Osiyo taraqqiyot bankining “Chorvachilik sohasida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 9 071,2 mln.soʼm miqdoridagi chorvachilik faoliyatini tashkil etish maqsadida 97 bosh yirik shoxli nasldor chorva mollari sotib olish uchun 6 349,9 mln.soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Korxona Niderlandiya davlatidan 97 bosh naslli chorva mollari sotib olib, ichki bozorni goʼsht va sut mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 10 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Аndijon viloyati, Аsaka tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining “Fargʼona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 1 276,0 mln. АQSh dollari miqdoridagi 2,4 gektar maydonga gidroponika usulida issiqxona kompleksi tashkil qilish uchun uskunalar sotib olish 880,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Korxona yiliga 162,0 tn. bodring va 189 tn. pomidor yetishtirib, ichki va tashqi bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 32 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Namangan viloyati, Namangan tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining “Fargʼona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” kredit liniyasi hisobidan 0,9 Ga yer maydonida loyiha umumiy qiymati 535,9 ming АQSh dollari miqdoridagi qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish, sotish hamda tomat pastasini tayyorlagan holda klaster faoliyatini tashkil etish maqsadida issiqxona kompleksi tashkil qilish uchun 16.11.2021 yilda 330,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Korxona kredit mablagʼlari hisobiga yiliga 78,0 tn. Pink Paradise pomidori ishlab chiqarishni va tashqi bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 24 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Samarqand viloyati, Samarqand tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki resurs mablagʼlari hisobidan qoʼshimcha ajratilgan 18,0 Ga yer maydonida loyiha umumiy qiymati 6 800,0 mln.soʼm miqdoridagi intensiv bogʼdorchilik faoliyatini kengaytirish uchun 2 500,0 mln. soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Fermer xoʼjaligi kredit mablagʼlari hisobiga yiliga 154,0 tn. meva mahsulotlari ishlab chiqarishni, ichki va tashqi bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 5 ta yangi ishchi oʼrni yaratish yaratishni rejalashtirgan.