Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank xodimlar malakasini oshirib bormoqda

Nashr etilgan: 2 mart, 2022

“Ipoteka-bank” АTIB tizimida xodimlar bilimini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida “Confluence” elektron oʼqitish platformasi yoʼlga qoʼyilgan. Ushbu onlayn oʼquv platformasida front ofis xodimlarining lavozim vakolatlari doirasida barcha maʼlumotlar, shu jumladan yangi ishga kirgan xodimlar uchun “Welcome training” kurslari joylashtirilgan. Elektron oʼqitish platformasidagi maʼlumotlar Xodimlarni oʼqitish va rivojlantirish boʼlimi tomonidan muntazam ravishda yangilanib boriladi. Ushbu dastur asosida xodimlar masofadan turib raqamli oʼqish imkoniyatlariga ega boʼlmoqda.



Shuningdek, “Ipoteka-bank” АTIB tizimida faoliyat yurituvchi front ofis xodimlarining bilim saviyasi, ish sifati hamda uning salohiyati bajarayotgan ish faoliyati talablariga javob berishi lozim. Shu maqsadda, Front ofis xodimlarini muntazam ravishda raqamli oʼqitish va joylarga chiqib amaliy yordam berish orqali malakalarini oshirish boʼyicha Bosh ofis tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yildan boshlab Bosh ofis xodimlaridan iborat 2 ta ishchi guruh bank filiallarida oʼqish tashkil etib, elektron test sinovlari oʼtkazilmoqda. 



Test sinovlari bank xodimlarini bilim va malakalarini oshirish, nazariy va amaliy bilimlarini uygʼunlashtirib borish hamda oʼz mansab vakolati doirasidagi mavjud ichki meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, ularga kiritilayotgan eng oxirgi oʼzgarishlarni muntazam oʼrganib borishni taʼminlash uchun ilmiy va kasbiy bilim darajasini aniqlash maqsadida oʼtkazilmoqda.