Nashr etilgan: 1 dekabr, 2021
Joriy yilning 2 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʼylab daraxt koʼchatlarini ekish ishlari boshlandi.
Hududlarni yashil maydonga aylantirish ishlari Ipoteka-bank xodimlarini ham chetlab oʼtmadi. Bu gʼayratli va shijoatli xodimlarimizga shahar va qishloqlarimizning bir qancha hududlarida goʼzal bogʼlar barpo etish imkonini bermoqda.
Xususan, joriy yilning noyabrь oyi davomida Ipoteka-bankning faol xodimlari tomonidan 4000 ta koʼchat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kelgusida bank tomonidan respublika hududlarida jami 21 mingga yaqin tup daraxt koʼchatlari oʼtkazish ishlari koʼzda tutilgan.