Nashr etilgan: 1 mart, 2023
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ipoteka–bank” ATIB Qo‘qon filialidan ipoteka krediti rasmiylashtirgan mijoz nomidan joylashtirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
«Ipoteka-Bank» ATIB Qo‘qon filiali tomonidan fuqaro M.M tomonidan 2021 yil 16 sentabr kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani Muruvvat massivi Guliston MFY hududida joylashgan 6-uy 6-xonadonni ulush kiritish asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirish maqsadida 127 602 000 (bir yuz yigirma yetti million olti yuz ikki ming) so‘m miqdorida anniutitet tartibda 18 oylik imtiyozli davr bilan 252 oy muddatga 22 % ustama foiz to‘lash sharti bilan ipoteka krediti so‘rab murojat qilingan.
Fuqaroning arizasi ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha o‘rganilib bank va fuqaro o‘rtasida 2021 yil 16 sentabr kuni «Ulush kiritish asosida uy-joy qurulishini moliyalashtirish maqsadida ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi» №1840/21-sonli shartnoma imzolangan.
Ushbu shartnomaning 4.2 bandida Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi:
«O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar xisobidan qayta moliyalashtirilgunga qadar bo‘lgan davrda qatiy belgilangan yillik 22 foiz stavkasida, undan keyingi davrda mazkur shartnomaning qo‘shimcha kelishuviga asosan bank foiz siyosatida belgilangan stavkada» deb belgilab o‘tilgan.
Ulush kiritish asosida qurilgan yuqoridagi uy-joyga nisbatan mulk huquqi shakllangandan so‘ng mijozning 2021 yil 27 dekabrdagi arizasiga asosan yuqoridagi shartnomaga qo‘shimcha kelishuv qilinib, kredit 240 oy muddatga yillik 17 % miqdorida qayta rasmiylashtirilgan va o‘rnatilgan tartibda garovga taqdim qilingan.