Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Ipoteka-bank" ATIB tomonidan jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Nashr etilgan: 1 mart, 2022

Xususan, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Qanlikoʼl tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga JICA (Yaponiya) kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 1 004,0 ming АQSh dollari miqdoridagi 2,0 gektar maydonga qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida zamonaviy issiqxona majmuasini qurish uchun 700,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat 2,0 Ga yer maydonida yiliga 300,0 tn. qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 20 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Namangan viloyati, Uchqurgʼon tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʼarmasining “Qishloq xoʼjaligini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish” loyihasi mablagʼlari hisobidan fermer xoʼjaligi faoliyatini kengaytirish maqsadida 1 dona yangi zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikasi sotib olish uchun 156,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Fermer xoʼjaligi oʼz faoliyatini kengaytirishni va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni rejalashtirgan.