Nashr etilgan: 15 oktyabr, 2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarning moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-5780- sonli Qarori talablarni ijrosi yuzasidan “Ipoteka-bank” ATIB rahbar xodimlari bankning korporativ mijozlaridan biri “CHIRCHIQ MEGA BIZNES” ma’suliyati cheklangan jamiyatga tashrif buyurdilar.
Tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mazkur korxonada 50 dan ortiq tikuv mashinalari hamda qo‘shimcha asbob-uskunalar yordamida ichki va tashqi bozorda yuqori talab ega bo‘lgan maxsus kiyimlar, shuningdek ayollar va erkaklar shimlari tikib tayyorlanmoqda.
Endilikda bank kreditlari hisobiga korxona faoliyati kengaytirilib, maxsus kiyimlar, erkaklar va ayollar mavsumiy ustki kiyimlari bilan bir qatorda bolalar kiyimlari tikib tayyorlanishi yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda korxona tomonidan 47546,4 AQSh dollari miqdoridagi maxsulotlar eksport qilinganligini alohida e’tiborga loyiq.
Keng va yorug‘ xonalarda zamonaviy tikuv mashinalarida import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar tayyorlayotgan mahalliy aholi vakillari korxonada yaratilgan sharoitdan mamnun ekanliklarni bildirdilar.
Intilganga tole yor deydilar. Shu bois “CHIRCHIQ MEGA BIZNES” ma’suliyati cheklangan jamiyati ham endilikda tadbirkorlikning yangi yo‘nalishlarida faoliyatini rivojlantirish bilan birga tikish uchun zarur xom-ashyolarni ham o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallamoqdalar. Bu esa o‘z navbatida mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari demakdir.