Nashr etilgan: 11 iyun, 2019
2019 yil 10 iyun kuni kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash uchun bank tomonidan kreditlar ajratilishini yanada engillashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Anjumanda bank mutasaddi xodimlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar. Tadbirni Ipoteka-bank” ATIB Kichik biznes va chakana xizmatlar bloki rahbari Shahnoza Alimova kirish so'zi bilan ochib berdi.
Tadbirda yurtimizda olib borilayotgan izchil iqtisodiy o'zgarishlarda “Ipoteka-bank” ATIBning ham munosib xizmatlari borligi alohida e'tirof etildi.
Ipoteka-bank ATIB kichik biznes sohasining respublikamiz iqtisodiyotidagi o'rnini hisobga olib, ushbu sohada kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etilishi va ularni moliyalashtirishda hududlarning demografik, tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini chuqur o'rganib, ularga mos keluvchi tuzilmalarni tashkil etish, qishloq joylarida ochilgan korxonalarni moliyalashtirishda hududiy xomashyo resurslarini, mehnat va tabiiy resurslarni inobatga olgan holda ish olib borish, kichik biznes sub'ektlarining muntazam va davomli faoliyat ko'rsatishining asosiy sharti – hududlarda bozor infratuzulmasi darajasini tahlil qilish va ish faoliyatini shunga muvofiq yo'naltirish tamoyillariga asoslanib ishni tashkil etmoqda.
Tadbirda shuningdek, moliya muassasasi kichik biznes sub'ektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi faoliyatlarni moliyalashtirish, ularni moliyalashtirishda “ekologik yuk”ni hisobga olish, mahalliy xomashyolardan mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yuvchi kichik biznes sub'ektlari salmog'ini oshirish borasida ham yuqori samaradorlikka erishib kelinayotgani alohida to'xtalib o'tildi.
Tadbirda so'zga chiqqan Ipoteka-bank” ATIB Investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi direktori Ibrohimjon Mamadjanov bank tomonidan kichik biznes sub'ektlarini moliyalashtirishda xorijiy kredit liniyalarining o'rni xususida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berib o'tdi.
Shuningdek tadbirda, kichik biznes sub'ektlarini tomonidan aholiga yaratilayotgan ish o'rinlari xususida to'xtalib, bank respublikamiz moliya bozoridagi universal moliya muassasasi sifatida tizimning boshqa yo'nalishlari bo'yicha ham samarali faoliyat yuritayotgani xususan, mamlakatimiz iqtisodiy islohotlarining markazini egallagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlab, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo'shayotgani haqida ma'lumot berib o'tildi.
Tadbirda inson manfaati, uning baxtli va farovon turmushini ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan sanaladi. Shy bois, shahar, tuman, olis qishloq va ovullarda yaratilayotgan yangi ish o'rinlari, aholi tabirkorligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi alohida e'tirof etilmoqda. Bunday olamshumul o'zgarishlar esa odamlarning dunyoqarashini o'zgartirib, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlaydi. Tadbir ko'tarinki ruhda va sermazmun bo'lib, keltirilgan ma'lumotlar va bankda olib borilayotgan ishlar jurnalistlarda katta qiziqish uyg'otdi.
Matbuot anjumani ishtirokchilari ommaviy axborot vositalari mavzu yuzasidan o'zlari qiziqtirgan savollarga javob berdilar.