Nashr etilgan: 6 dekabr, 2024
The Banker jurnali shuningdek, Bank of the Year 2024 mukofoti natijalarini e’lon qildi. OTP Group tarkibidagi banklar quyidagi mukofotlarga sazovor bo‘ldi:
· OTP Bank Albania – Albaniyadagi eng yaxshi bank.
· OTP Bank Magyarország – Vengriyadagi eng yaxshi bank.
· DSK Bank – Bolgariyadagi eng yaxshi bank.
· OTP Banka Slovenija – Sloveniya eng yaxshi bank.
"75 yil davomida faoliyat yuritgan OTP Group umumiy aktivlari hajmini 100 milliard yevrodan oshirib, o‘z kapitalining rentabelligini 20 foizdan yuqori darajada barqaror saqlab kelmoqda", — dedi OTP Bank boshqaruv raisi va bosh direktori Shandor Chanyi. — "Bu yutuqlar to‘rtta davlatda bizning banklarimizning eng yaxshilari sifatida tan olinishida o‘z aksini topdi va kelgusi 75 yil muvaffaqiyati uchun mustahkam zamin yaratdi."
The Banker Top 100 CEE Banks reytingi har yili The Banker jurnali tomonidan e’lon qilinadi. Ushbu jurnal xalqaro moliya sohasidagi yetakchi nashrlardan biri bo‘lib, Financial Times guruhiga kiradi.
Mazkur reyting Markaziy va Sharqiy Yevropaning (CEE) eng kuchli banklarini aniqlab, ularni birinchi darajali kapital hajmi va boshqa muhim ko‘rsatkichlar asosida baholaydi.
* Ma’lumotlar 2023-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra yangilangan (birinchi darajali kapital ma’lumotlari).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: The Banker Top 100 CEE Banks
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Bank of the Year Awards