Nashr etilgan: 29 iyul, 2019
АTIB «Ipoteka-bank» hamda Landesbank Baden-Wurttemberg (Germaniya) oʼrtasida yevro va АQSh dollarida vakillik hisobvaragʼini yuritish, toʼlov xizmatlarini yoʼlga qoʼyish hamda FX-amaliyotlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Landesbank Baden-Wurttemberg Germaniya Federativ Respublikasining moliyaviy bozorida beshta yirik banklardan biridir. Yirik korporativ va xususiy mijozlariga bank xizmatlari koʼrsatish hamda jahon moliya bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi.