Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Yangi “Bank xizmatlari markazi” mijozlar uchun xizmat koʼrsatishni boshladi.

Nashr etilgan: 16 yanvar, 2020

"Ipoteka-bank" ATIB, bank filiallari tarmogʼini kengaytirish hamda mijozlarga koʼrsatilayotgan bank xizmatlarining ommabopligini oshirishni taʼminlash maqsadida aholiga qulay boʼlgan hududlarda bank xizmatlari markazlari tashkil etilmoqda. Аna shunday barcha qulayliklarga ega boʼlgan markazlardan yana biri Qashqadaryo viloyat, Koson tumanida ochildi.


Yangi tashkil etilgan bank xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan mijozlar va aholiga barcha turdagi namunali bank xizmatlarini, shu jumladan, kreditlar ajratish, hisob raqamlarga xizmat koʼrsatish, yuridik shaxslarga mobil ilova orqali masofadan turib toʼlovlarni amalga oshirish, kredit mablagʼlarini soʼndirish, omonatlar ochish, «online» konvertatsiya qilish amaliyotlarini yoʼlga qoʼyish koʼzda tutilgan.


Kelgusida Ipoteka-bank mazkur yoʼnalishdagi ishlarni yanada kengaytirib, respublikamizning boshqa hududlarida ham bank xizmatlari markazlari ochishni rejalashtirgan