Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB yana bir bor ISO 9001:2015 sifatni boshqarish standarti bo‘yicha xalqaro sertifikatini qayta tasdiqladi

Nashr etilgan: 9 dekabr, 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrь PQ-3270 sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston banklarini zamonaviy ilg‘or tajribalar asosida xizmat ko‘rsatuvchi jahon miqiyosida raqobatbardosh moliyaviy muassasalarga aylantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.

Dolzarb vaziflar qatorida tijorat banklari o‘z faoliyatida ISO 9001:2015 “Sifatni boshqarish tizimi” standartini tatbiq etishlari lozimligi alohida qayd etilgan.

Tijorat banklari faoliyatiga xalqaro me’yorlarni tatbiq qilishda ISO standartlari muhim element bo‘lib xizmat qiladi va moliyaviy muassasaning xalqaro miqiyosda nufuzini ko‘rsatib beradi.


Ipoteka-bank ham o‘z faoliyatiga xalqaro me’yor va zamonaviy tajribani tatbiq qilish yo‘nalishida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, bugungi kunga kelib, respublikamizning yirik banklari qatorida mustahkam o‘ringa ega Ipoteka-bank xalqaro tan olingan barcha uch reyting agentliklari "Mudis", “Fitch” hamda "Stendard end Purs" tomonidan tasdiqlangan va istiqboli "Barqaror" belgilangan xalqaro reytinglarga ega.

Ushbu tadbirlarning keyingi bosqichi sifatida Ipoteka-bankning boshqaruv tizimida "Yuridik shaxslarning bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish" xizmat turi ISO 9001:2015 standarti talablariga moslashtirildi.


Mazkur holatning e’tirofi sifatida Ipoteka-bank bu sohada milliy sertifikatga ega bo‘lish bilan birga Xalqaro miqyosda tan olingan «QMSCERT» sertifikatsiya agentligi tomonidan xalqaro sertifikatga ham loyiq deb topildi.

2019 yilning oktyabr oyida Xalqaro miqyosda tan olingan «QMSCERT» sertifikatsiya agentligining rasmiy hamkori sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi «MANAGEMENT CERTIFICATION» sertifikatsiyalash organi tomonidan Ipoteka-bankda xalqaro talablar asosida sifat auditi o‘tkazildi.

Joriy yilning dekabr oyida «MANAGEMENT CERTIFICATION» sertifikatsiyalash organi tomonidan “Ipoteka-bank” ATIBning ISO 9001:2015 sifatni boshqarish standarti bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarii yana bir bor tasdiqlandi.